Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Marg‘ilon shahrida aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolarni barqaror bandlik bilan ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Bu jarayonda mahalliy Kengash deputatlarining hududlarda olib borayotgan o‘rganishlari va aholi bilan bevosita muloqotlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi E.Rustamov tomonidan 1-Uvaysiy saylov okrugi hududidagi Uvaysiy mahalla fuqarolar yig‘inida aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.

O‘rganish davomida kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarning turmush sharoiti, daromad manbalari, bandlik holati hamda mavjud muammolari xonadonbay o‘rganildi. Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, oilalarning ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ayniqsa, mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir xonadonning imkoniyatidan kelib chiqib, muammolarni hal etishning amaliy yo‘llari belgilandi. Aniqlangan masalalarni yechish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Shu nuqtayi nazardan, 1-Uvaysiy saylov okrugi hududida olib borilayotgan bunday manzilli ishlar aholining daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda oilalarning ijtimoiy farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarda aholi muammolarini o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning yechimini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5