Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“QO‘SHTEGIRMON 1” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
56-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI TUG‘RUQXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“GULISTON” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 3-“Achchiqko'l” saylov okrugidan saylangan deputat M.Mavlonqulov tomonidan “Uzumzor” mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy holi, yashash sharoiti va mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurildi.

O‘rganish davomida Laylakxona ko‘chasi, 5A-xonadonda yashovchi fuqaro M.Madalieva xonadonida bo‘linib, oilaning yashash sharoiti, kundalik ehtiyojlari hamda ijtimoiy holati bilan yaqindan tanishildi. Oila a’zolari bilan suhbat davomida ularni qiynayotgan masalalar va qo‘shimcha daromad manbaiga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.

Xonadonning ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, oilaga qo‘shimcha daromad manbaini yaratish hamda bandligini ta’minlash maqsadida kasanachilik faoliyatiga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha oilaning imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, uni kasanachilikka jalb etish, tegishli yo‘nalish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatish hamda bu boradagi ishlarni nazoratga olish yuzasidan mahalla yettiligiga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2