Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI TUG‘RUQXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“GULISTON” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “CHEKMIRZAOBOD” MAHALLASIDA TIKUVCHILIK SEXI TASHKIL ETILDI.
янв.21
Inson manfaatlari va aholi farovonligini ta’minlash — e’tibor markazida.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “CHEKMIRZAOBOD” MAHALLASIDA XUSUSIY BOG‘CHA QURILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSHLARGA YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI.
янв.21
42-MAKTAB HUDUDIDAGI OSHXONA VA SAVDO SHOXOBCHASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA KUTUBXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI.
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 9-sonli DMTTda ta’lim-tarbiya va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi

Bandixon tumanida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish hamda sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi deputati I.Xalmatov tumandagi 9-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni talablari doirasida o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida ta’lim-tarbiya jarayonlarining metodik ta’minoti, bolalarning kunlik ozuqa ratsioni va taomlar sifati, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik me’yorlari hamda muassasaning bo‘lajak kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan bog‘cha rahbariyatiga tegishli amaliy va uslubiy ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi tuman Kengashi nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6