Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati L. Niyozova o‘z saylov okrugida joylashgan 17-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda bemorlarga berilayotgan dori-darmon vositalari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasasida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmonlar ta’minoti va mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.