Sessiyaoldi o‘rganish: tashqi reklama talablariga rioya etilishi ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G.Xoliqulova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori ijrosini tumanda ta’minlash masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borildi.
Lolazor MFY hududida tadbirkorlik faoliyati o‘rganilib, tashqi reklama vositalarining belgilangan talablar asosida joylashtirilishi, mavjud holat va tartibga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.
🔎 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar tegishli tartibda umumlashtirilib, sessiyada masalani muhokama qilishda foydalaniladi.
Deputatlik nazorati — qonuniylik, tartib va mas’uliyatni ta’minlashga xizmat qiladi.