35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyat mudiri G‘. Abdullayev hamda tuman Kengashi deputatlari R. Yegitaliyev, D. Xamraqulov va G‘. Ermatovlar tomonidan Bag‘dod dehqon bozorida narx-navolar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI IJROSI TA’MINLANDI.
янв.21
IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHA JOYIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
KENGASH RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 14-“Cho‘qqayma” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxriddin Janobovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Bo‘lim xodimlari tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga asosan,Parkent tumanida 2026-yil davomida jami 34 155 ta ish o‘rni yaratish belgilangan.Shundan 4 961 nafar aholini doimiy ishga joylashtirish, 22 662 nafar aholining daromadini oshirish hamda 6 532 ta ish o‘rnini soyadan chiqarish (legallashtirish) nazarda tutilgan. Mazkur vazifalarni belgilangan muddatlarda va samarali amalga oshirish maqsadida hozirgi kunda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, fuqarolarni daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish hamda mavjud ish o‘rinlarini legallashtirish bo‘yicha zarur ishlar izchil olib borilmoqda.Shuningdek, bo‘lim mutaxassislari bilan muloqot davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish,subsidiya va boshqa davlat ko‘maklaridan foydalanish, shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.O‘rganish jarayonida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.O‘rganish yakunida Kengash raisi tomonidan Parkent tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limining 2026-yil 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotini tegishli doimiy komissiya yig‘ilishida eshitish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur masalani deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqish belgilandi.
  

Slide 1 of 5