35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholining ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Yoshlik” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi F.Xoldorovning aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning doimiy va mavsumiy daromad manbalarini shakllantirish borasidagi ishlari tahlil qilindi. Xususan, fuqarolarni ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va aholi xonadonlarida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Shuningdek, aholining tomorqa yer maydonlaridan foydalanish samaradorligi joylarga chiqqan holda, xonadonma-xonadon o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida ko‘plab xonadon egalari mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanib, turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga e’tibor qaratayotgani aniqlandi. Hokim yordamchisining ta’kidlashicha, mahalladagi tomorqasi mavjud 782 ta xonadonlarning 483 tasida xatlov nihoyasiga yetkazilgan. Qolganlari bo‘yicha ishlar davom ettirilayotganligi ma’lum qilindi.

Xonadonlarda pomidor, kartoshka, bulg‘or qalampiri, turli xil ko‘katlar, makkajo‘xori va boshqa ekinlar ekilib, ulardan oila ehtiyojlari uchun foydalanish bilan bir qatorda, ortiqcha mahsulotlarni bozorda sotish orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, xonadonlarda mevali daraxtlar parvarish qilinib, yer maydonlaridan kompleks foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, hududdagi 2 gektar yer maydoni 20 ta lotga ajratilib, belgilangan tartibda auksion orqali fuqarolarga ijaraga berilgani ham o‘rganildi. Mazkur yer maydonlaridan samarali foydalanilib, ularga makkajo‘xori ekilganligi aniqlandi.

🟢O‘rganish yakunida hokim yordamchisiga ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularni bandligini ta’minlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni yanada kengaytirish, fuqarolarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarishlash bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6