35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Aholining ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
#tavsiyalar
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov, D. Arabova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov ishtirokida “Kogon Perlit” MCHJ korxonasining faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 44-moddasida belgilangan talab va tamoyillar asosida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud imkoniyatlar, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish holati hamda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, korxona faoliyatida mavjud muammolar, tadbirkorlik subyektini qo‘llab-quvvatlash masalalari va kelgusidagi rejalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Bunday o‘rganishlar tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni qonuniy tartibda hal etishga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash
Slide 1 of 7