#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi
ELEKTR TA’MINOTIDA BARQARORLIK: MAHALLALARDA AMALIY ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
🇺🇿 Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarda elektr ta’minotini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📈 Belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Uchtepa tumanida elektr tarmoqlarini yaxshilash va aholiga sifatli hamda barqaror elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
🇺🇿 Navbatdagi o'rganish ishlari xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "15-Izza" saylov okrugi deputati Narziyev Akbar Ma'rupovichning hamda "17-Guliston" okrugi deputati Tursunova Shahnoza Jurakulovnalarning okruglari hududidagi mahallalarda amalga oshirildi.
⚡️ Jumladan, Diydor mahallasi hududidagi elektr tarmoqlariga qarashli 3748-sonli transformator punktida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, mazkur ishlar natijasida 30-mavzeda joylashgan 27-, 28-, 29-, 30-, 31-, 32- va 33-sonli ko‘p qavatli uylarning elektr ta’minotini yaxshilash va barqarorligini ta’minlashga erishildi.
🕯 Shuningdek, Qoziguzar mahallasi hududining bir qismida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib, hudud aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi.
📊 Mazkur ishlar hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini yanada mustahkamlash, mavjud uzilishlarning oldini olish hamda aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini sifatli ta’minlashga xizmat qiladi.