35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Qorako‘l mahallasida qishloq vrachlik punktini tashkil etish masalasi joyida o‘rganildi.
янв.21
Qorako‘l mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahallada deputat tashabbusi va bevosita ko‘magi asosida Nuroniylar maskani barpo etilmoqda.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining holati o‘rganildi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Valiyev tomonidan "Chodaklik" mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasasi (MTT) qurilish jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, loyiha asosida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda obyektning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilot vakillari va pudratchilar bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish jarayonining bugungi holati, mavjud shart-sharoitlar, bajarilgan ishlar hajmi hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Qurilish ishlari sifatini ta’minlash, belgilangan muddatlarga rioya qilish va zamonaviy talablarga mos ta’lim muassasasini barpo etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2