35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahallada deputat tashabbusi va bevosita ko‘magi asosida Nuroniylar maskani barpo etilmoqda.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim sharoitlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Mahalla kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi.
#Nazorat #tahlil

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda aholi osoyishtaligini ko‘zda tutuvchi muhim hujjatlar ijrosini nazorat qilishda davom etmoqda.

Kuni kecha shahar Kengashi deputatlari Zuhra Pulatova, Abdujabbor Djurayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatovlar tomonidan Olmaliq shahridagi "Do‘stlik" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍O‘rganish davomida:
PQ-1 ijrosi: Hududda tegishli qaror talablari asosida ish tashkil etilganligi holati;
Profilaktika ishlari: Ichki ishlar inspektori tomonidan mahalla osoyishtaligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlili;
Aholi bilan muloqot: Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari yuzasidan bevosita fuqarolarning fikr va munosabatlari tinglandi.
Xulosa va tavsiyalar: O‘rganish yakunlari va aholi fikr-mulohazalaridan kelib chiqib, mahallada xavfsizlik muhitini yanada mustahkamlash hamda targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirish bo‘yicha mahalla inspektoriga tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.
Mahallamiz tinchligi va xavfsizligi — barchamizning umumiy ishimizdir!

Slide 1 of 3