35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahallada deputat tashabbusi va bevosita ko‘magi asosida Nuroniylar maskani barpo etilmoqda.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim sharoitlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Mahalla kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi.
#nazorat tadbiri

Olmaliq shahrini toza, ozoda va obod hududga aylantirish, aholi yashash joylarida sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.
📌 Kuni kecha shahrimizning 5/2-kichik nohiyasi, Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan chiqindixona holati, atrof-muhit tozaligi hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilish grafigiga rioya etilishi holati joyida borib o‘rganildi.

O‘rganishda:
Sevar Qodirova — Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyati mudiri;
Shermuhammad Begiyev — Shahar hokimining o‘rinbosari;
Muhriddin Begmatov — Shahar hokimligi bosh mutaxassisi ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida hududdagi chiqindi yig‘ish shoxobchasida belgilangan grafiklar buzilganligi, atrofning sanitar holati qoniqarsiz ekanligi hamda chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmaganligi oqibatida noxush holat yuzaga kelganligi aniqlandi.
Zudlik bilan choralar ko'rilmoqda: > Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Begiyev tomonidan mutasaddi va mas’ul tashkilot rahbarlariga qat’iy topshiriqlar berildi. Mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va chiqindi olib chiqish grafiklarini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha tezkor ishlar boshlab yuborildi.

Hududlarimiz tozaligi va ekologik barqarorligi doimiy nazoratda bo‘ladi!

Slide 1 of 3