35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahallada deputat tashabbusi va bevosita ko‘magi asosida Nuroniylar maskani barpo etilmoqda.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim sharoitlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Mahalla kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi.
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri va bosh mutaxassislari,Parkent tuman prokurori, adliya katta maslahatchisi Qahramon Xaydarovich Mirsagatov hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — 2026-yilning birinchi yarim yilligida Parkent tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Parkent tuman prokurori Qahramon Xaydarovich Mirsagatovning axboroti tinglandi.Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan sessiya oldidan o‘tkazilgan deputatlik nazorati tadbirlari natijasida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga savollar berilib, dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, mahallalarda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.Yig‘ilish yakunida Parkent tuman prokurorining 2026-yilning birinchi yarim yilligida tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti atroflicha muhokama qilinib,bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olindi hamda mazkur axborotni Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish tavsiya etildi.Shuningdek, yig‘ilish yakunida namunaviy doimiy komissiya qarori asosida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilinib, unda belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish belgilandi.  

Slide 1 of 6