35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Qorako‘l mahallasida qishloq vrachlik punktini tashkil etish masalasi joyida o‘rganildi.
янв.21
Qorako‘l mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahallada deputat tashabbusi va bevosita ko‘magi asosida Nuroniylar maskani barpo etilmoqda.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining holati o‘rganildi.
QARORLAR IJROSI JOYLARGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA

QARORLAR IJROSI JOYLARGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 19¹-moddasi 5-bandida belgilangan vakolatlarga muvofiq, xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan qonun hujjatlari, Kengash qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilishi holatini joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan doimiy komissiya a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 578-sonli “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida hamshiralik ishi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish amalga oshirildi.

O‘rganish davomida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida hamshiralik faoliyatini yuritayotgan fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, belgilangan tartibga rioya etilishi tibbiy xizmatlar sifati tahlil qilindi.

Slide 1 of 2