35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Qorako‘l mahallasida qishloq vrachlik punktini tashkil etish masalasi joyida o‘rganildi.
янв.21
Qorako‘l mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahallada deputat tashabbusi va bevosita ko‘magi asosida Nuroniylar maskani barpo etilmoqda.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida Qonun ijrosi o‘rganildi.
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Tangirov Tursunqul hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Xoliqov Bahodir va Sh.Shoymardonovlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-avgustdagi O‘RQ–633-sonli “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining ta’minlanish holati yuzasidan Muzrabot tumani hokimligida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida tashkil etildi va Qonun talablarining amaldagi ijrosi har tomonlama tahlil qilindi. Xususan, hududda odam savdosi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar holati, ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik va targ‘ibot ishlari, odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash, ularga huquqiy, psixologik, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish, voyaga yetmaganlar savdosining oldini olish, noqonuniy bandlik va majburiy mehnatga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, odam savdosi jinoyatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil etildi. Qonun ijrosi jarayonida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar hamda kelgusida rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullarga tegishli savollar yo‘naltirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar asosida Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, qonunchilikka so‘zsiz rioya etilishini kuchaytirish, fuqarolarning mehnat huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, norasmiy bandlikni qisqartirish, mehnat munosabatlarini qonuniy asosda tashkil etish, odam savdosining oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3