35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahallada deputat tashabbusi va bevosita ko‘magi asosida Nuroniylar maskani barpo etilmoqda.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim sharoitlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Mahalla kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi.
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #Deputat_daftari
2026 yil 1 avgustdan tashabbusli byudjet jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish uchun imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.


Bunda:
 
▪️ har bir deputat tomonidan “Ochiq byudjet” axborot portalida (portal) bir mavsum uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihalar tanlanib, qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilinadi;
 
▪️ deputat vakolati muddatidan ilgari tugatilgan hollarda Tashabbusli byudjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra boshqa deputatlar tomonidan tashabbusli byudjet jarayonlarining tegishli saylov okrugidagi qo‘shimcha g‘oliblari aniqlanadi.

2027 yil 1 yanvardan sheriklik loyihalarini qo‘shimcha ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, to‘lov tashkilotlari va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari yaratiladi.

Mobil ilovalarda portal bilan integratsiya ta’minlangan holda barcha sheriklik loyihalarining ro‘yxati va tashabbusli byudjet jarayonining onlayn statistikasi aks ettiriladi.

Qiymati BHMning 2000 baravarigacha bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha sheriklik loyihalarini tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!