Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning biriktirilgan tashkilot bilan hamkorligi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
HUDUD INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalladagi infratuzilmaviy loyihalar va bolalar o‘yingohi qurilishi o‘rganildi.
янв.21
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“24 ta muhim masala” ijrosi yuzasidan Bag‘dod oilaviy poliklinikasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLANI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA KIRITILGAN YO‘L TA’MIRI ISHLARI O‘RGANILDI.
Ichki yo‘l holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "4-Matqulobod" saylov okrugi deputati G.Usmonova, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan "Matqulobod" mahalla fuqarolar yig‘inining Yuksak ko‘chasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida Yuksak ko‘chasining ichki yo‘l qismi ko‘zdan kechirilib, mazkur hududdagi 300 metr yo‘lni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash zarurligi aniqlandi. Mavjud holat aholi uchun harakatlanishda noqulayliklar tug‘dirayotgani hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish lozimligi qayd etildi.

Aniqlangan muammo deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga belgilangan tartibda qayd etildi.

Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi hamda yo‘lni asfaltlashtirish masalasi deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4