Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Y.Bo‘ronov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ–445-son, 2017-yil 11-sentabr) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida Qiziriq tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish hamda ijrosini nazorat qilish holati, murojaatlarni ko‘rib chiqishning qonunchilikda belgilangan muddatlariga rioya etilishi, fuqarolar qabullarini tashkil etish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, tayyorlangan savolnoma asosida mas'ul xodimlardan tegishli ma'lumotlar olinib, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish, takroriy murojaatlar sonini kamaytirish hamda qonun talablariga qat'iy rioya etish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish natijalari xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi yuzasidan masalani ko‘rib chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1