Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
Birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

Birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tomonidan "Gulobod" mahallasi raisi bilan birgalikda hududdagi 46-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolarni bepul berilishi belgilangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash holati, tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, dori vositalarining mavjudligi hamda ulardan maqsadli foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, poliklinikada bemorlarni qabul qilish tartibi, tibbiyot xodimlarining faoliyati, elektron navbat tizimi, dori vositalarini hisobga olish va saqlash jarayonlari hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash hamda tizimdagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4