Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
Davlat dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan

Davlat dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan

👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Oqdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i X.Davronovning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil I chorakdagi ijrosi yuzasidan hisoboti o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoni ijrosi doirasida mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy himoya hamda xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

📊 Shuningdek, davlat dasturida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishi, mahallalarda "mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot tinglandi.

🤝 O‘rganish yakunida Davlat dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijro intizomini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3