Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda


Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati F.Hojiyev tomonidan Shayxon mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida mahalla fuqarosining murojaati joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. Murojaat mazmuni yuzasidan tegishli mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganish olib borilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xususan, fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘RQ–445-son Qonuni mazmun-mohiyati, murojaat qilish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari hamda fuqarolarning qonun bilan kafolatlangan huquqlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, ijrosi muddat talab etadigan masalalar nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qonuniy manfaatlarini ta'minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2