Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O`rganish

YOSH SPORTCHILAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

Ayni kunlarda yurtimizda o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalaridan biri — Prezident olimpiadasida Ohangaron tumanidan 10 nafar iqtidorli yosh sportchi ishtirok etmoqda. Yoshlarning musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishi va yuqori natijalarni qayd etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi sessiyasi qarori asosida mablag‘ ajratildi.

Mazkur mablag‘lar hisobiga Prezident olimpiadasida qatnashadigan yosh sportchilar uchun zamonaviy va sifatli sport formalari xarid qilinib, ularga yetkazib berildi. Bu esa sportchilarning musobaqalarda yagona jamoa sifatida ishtirok etishi, o‘zlarini erkin va ishonchli his qilishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ohangaron tumani Bolalar-o‘smirlar sport maktabi murabbiysining ta’kidlashicha, bu kabi qo‘llab-quvvatlash choralari yosh sportchilarning ruhiyatini yanada ko‘tarib, ularni yangi g‘alabalar sari ruhlantirmoqda. 

Slide 1 of 3