Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G. Bozorova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Azimjon” MCHJ faoliyati ko‘zdan kechirilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obyektning qulay va to‘siqlarsiz muhit talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

Shuningdek, kirish-chiqish yo‘laklari, sanitariya-gigiyena xonalari hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.

Monitoring yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qonun ijrosini ta’minlash va inklyuziv muhitni rivojlantirishga qaratilgan bunday o‘rganishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1