Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala hamda sessiya qarori ijrosi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov, tuman Kengashi deputati K. Abdullayeva hamda tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov ishtirok etib, Termiz tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Jarayon davomida muassasada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda kengash qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, zarur ma’lumotlar to‘plandi va mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida sessiya qarorlarida belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bunday joyiga chiqqan holdagi o‘rganishlar sessiya qarorlarining amaldagi ijrosini nazorat qilish, mavjud holatga xolis baho berish va qabul qilingan qarorlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5