Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
Yoshlarga oid davlat siyosati – yoshlar manfaatlari yo‘lida muhim huquqiy asos

Yoshlarga oid davlat siyosati – yoshlar manfaatlari yo‘lida muhim huquqiy asos

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati S.Xakimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingani hamda Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangani, uning yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, qonunda belgilangan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga oid normalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, yoshlarni mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor!

Slide 1 of 2