Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Murojaatlar joyida o‘rganilmoqda, muammolar yechimi deputatlik nazoratida

Navbatdagi o‘rganishlar davomida 7-sonli “Bog‘ishamol” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Allamurodova deputatning murojaatlar daftariga qayd etilgan murojaatlar ijrosini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi. Unda Kengash kotibiyati xodimlari va mahalla mas’ullari ham ishtirok etib, murojaatlar ijrosi yuzasidan atroflicha o‘rganish olib borildi.

O‘rganishlar chog‘ida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ko‘p qavatli uylarda ichimlik suvi bosimining pastligi, kanalizatsiya tizimidagi mavjud muammolar, shuningdek, obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash bo‘yicha bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat yuzasidan holat joyida tahlil qilinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilash hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3