Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi O.Isanov hamda tuman Kengashi deputatlari J.Rahmonqulov va A.Ibadullayev "Navbahor" mahallasida joylashgan 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

Ma’lumki, mazkur ta’lim muassasasi o‘tgan yilning 1-sentyabr sanasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, turli sabablarga ko‘ra qurilish ishlari to‘xtab qolgan va belgilangan muddatda yakunlanmagan.

Viloyat hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan mazkur masala mutasaddi tashkilotlar oldida bir necha bor ko‘tarilib, amaliy choralar ko‘rilishi yuzasidan tashabbuslar ilgari surildi. Natijada obyekt uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilib, qurilish ishlari qayta tiklandi.

Bugungi o‘rganish davomida deputatlar tomonidan bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish sur’ati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar olib borildi.

Mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini joriy yilning 1-sentyabriga qadar to‘liq foydalanishga topshirish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilayotgani hamda qurilish ishlari belgilangan jadval asosida davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy obyektlar qurilishi va rekonstruksiya ishlari ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5