Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
🏛 Navbatdagi sessiya oldidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📖 O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonuni (№265-I) ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i S.Rajabovning hisoboti tinglanishi belgilangan.
🔎 Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov, kotibiyat mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Bo‘ston mahallasidagi 16-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
🩺 O‘rganish davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik ta’minot, dori vositalari bilan ta’minlanganlik hamda qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
💬 O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 10