Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
“Yashil makon” doirasida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya Kengashi raisi T.Kungradbaev hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov tomonidan 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish davomida muassasa hududidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari holati ko‘zdan kechirildi.

🌱 Aniqlanishicha:
🔹 hududda 300 dona manzarali va mevali daraxtlar mavjud;
🔹 daraxtlarni parvarishlash uchun mas’ul xodim biriktirilgan;
🔹 yashil hududlarni saqlash va kengaytirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

⚠️ Shu bilan birga, hududda sug‘orish tizimining mavjud emasligi hamda daraxtlarni zararkunanda va kasalliklarga qarshi dorilash ishlari uchun qo‘shimcha mablag‘ zarurligi qayd etildi.

🤝 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mavjud daraxtlarning saqlanishi va parvarishlanishini yaxshilash maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatlar yuborishga kelishib olindi.

📌 “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarni asrash va ularni sifatli parvarishlash atrof-muhitni muhofaza qilishning muhim omillaridan biridir.

Slide 1 of 3