Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining 6-saylov okrugidan saylangan deputati Isroilova Hurriyat Axrorovna tomonidan Zafarobod tumanidagi Cho‘liguliston mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida aholi hamda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining 6-saylov okrugidan saylangan deputati Isroilova Hurriyat Axrorovna tomonidan Zafarobod tumanidagi Cho‘liguliston mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida aholi hamda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarning ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, muammolari hamda kelgusidagi rejalari muhokama qilindi. Deputat tomonidan yoshlarni ilm-fanga, sportga va tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish belgilab olindi. Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 3