Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning biriktirilgan tashkilot bilan hamkorligi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
HUDUD INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalladagi infratuzilmaviy loyihalar va bolalar o‘yingohi qurilishi o‘rganildi.
янв.21
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“24 ta muhim masala” ijrosi yuzasidan Bag‘dod oilaviy poliklinikasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLANI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA KIRITILGAN YO‘L TA’MIRI ISHLARI O‘RGANILDI.
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati, Kotibiyat mudiri I.Jurayev tumani Kengashi raisi R.Meliqo‘ziev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari, “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi R.Asqarov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-martdagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–133-son qarori hamda ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan 2025-yil 8-iyuldagi VII-9-64-11-164-K/25-sonli sessiya qarorining tumandagi ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan “Qo‘qonboy” va “Eski” mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilayotgan elektr ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur hududlarda elektr energiyasi ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida jami 1301 dona beton tayanch o‘rnatish, 29 kilometr SIP kabel tortish hamda 7 ta transformator punktini (TP) o‘rnatish rejalashtirilgan.

Shuningdek, o‘rganish davomida deputatlar tomonidan Furqat tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash va qurilish ishlari ham joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bugungi kunga qadar belgilangan ishlarning qariyb 80 foizi bajarilgan bo‘lib, qolgan ishlar ham belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish hamda elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.

O‘rganish yakunida mutasaddilarga qolgan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1