Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Maktabdagi qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich o‘zi saylangan “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

🔍 O‘rganish davomida qurilish jarayonlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👷‍♂️ Mutaxassislar bilan o‘tkazilgan suhbat davomida qurilish maydonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, ishlarning sifatli va belgilangan standartlar asosida bajarilishini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar hamda tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📚 Ta’lim muassasalarida zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, o‘quvchilar uchun xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlashga qaratilgan ishlar deputatlik nazoratida bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 4