Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
#Munosabat

Munosabat

Og‘ir kasallikka chalingan 10 ming nafar bolaning jarrohlik amaliyotlari davlat hisobidan bepul tashkil etilishi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan og‘ir va nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan 10 ming nafar bolaning jarrohlik amaliyotlarini davlat hisobidan bepul tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan qaror yurtimizda inson qadri va aholi salomatligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning yana bir amaliy ifodasidir. Qurbon hayiti arafasida ilgari surilgan ushbu ezgu tashabbus minglab oilalarga umid va ishonch bag‘ishlamoqda.

Mazkur qaror qimmat jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmagan oilalar uchun katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Davlat tomonidan tibbiy xarajatlarning qoplanishi bolalarning sog‘lom hayotga qaytishi, ularning kelajagini ta’minlash hamda oilalar zimmasidagi iqtisodiy yukni yengillashtirishga xizmat qiladi.

Men deputat va xalq vakili sifatida ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Bu qaror mamlakatimizda inson manfaatlari va salomatligi eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etilayotganining, ijtimoiy davlat tamoyillari izchil mustahkamlanayotganining yana bir yorqin dalilidir.

Ibragimova Nilufar Ergashovna

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati.