Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar aholi e’tiboriga yetkazildi.

   Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 1-“Yangihayot” saylov okrugi deputati O‘zXDP a’zosi U.Abdunazarov “Yangihayot” mahallasi aholisi o‘rtasida Xalq deputatlari shahar kengashining 2026-yil 18-iyun kuniga belgilangan sessiya kun tartibiga kiritilgan 4 ta masala bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, shahar mahalliy byudjetining 2026-yil 1-choragi ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son qonuni ijrosi, mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarni yozgi ta’tili davrida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari va “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan axborot berib o‘tdi. Shuningdek, shahar kengashi doirasida hal etiladigan mahalla hayotidagi muhim masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘lganda, amaldagi tartib asosida doimiy komissiyada muhokama etilishi hamda sessiya kun tartibiga kiritilishgi yuzasidan tushuntirish berib o‘tdi.  

Slide 1 of 2