Deputat mahallada
Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati Odamboy Karimov Amirqum mahallasida mahalla hokimi yordamchisi tashabbusi bilan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar — Matqurbonov Sherzodbek hamda Satimov Rajabboylarning savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan do‘konlar va xizmat ko‘rsatish markazlarida aholiga yaratilayotgan qulayliklar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda yangi ish o‘rinlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining bandligini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Deputat tomonidan tadbirkorlarning tashabbuslari e’tirof etilib, ularni qo‘llab-quvvatlash muhim ekani ta’kidlandi.