Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
Amudaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zLiDeP partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi A.Yuldashev tomonidan navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy himoya masalalari, davolanish uchun amaliy yordam ko‘rsatish, aholini bandlik bilan ta’minlash, kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolar hamda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash yuzasidan taklif va so‘rovlar tinglandi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Slide 1 of 3