Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv

Xalq bilan ochiq muloqot va hududiy muammolarni hal etish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N. Bobojonova tomonidan Ko‘nazey mahallasi binosida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida mahalla “yettilligi” vakillari bilan atroflicha suhbat olib borilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining muammolarini o‘rganish va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, hokim yordamchisi Raximov Murod Saidnazarovichning xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishilib, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilindi.

Uchrashuvda kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubova ham ishtirok etib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirdi. Bu kabi uchrashuvlar hududdagi dolzarb masalalarni joyida hal etish hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1