Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
21-Xirmontepa saylov okrugida deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich saylovchilar bilan uchrashib, 2026 yil i -choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 21-Xirmontepa saylov okrugi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich o‘z saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi va faoliyati yuzasidan axborot taqdim etdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilmani rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, hududni obodonlashtirish hamda aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida erishilgan natijalar alohida ta’kidlandi.

️Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi qayd etildi.

 Deputat o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilgan holda, saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borishini bildirdi.

Slide 1 of 4