Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
Kutubxona holati deputat hamda “MADAD” NNT nazoratida o’rganildi. Yoshlar va o’quvchilarning kutubxonadan samarali foydalanishi, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

O’zbekistonda mahallasida aholining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish maqsadida tashkil etilgan kutubxonalar faoliyati doimiy e’tibor markazida bo’lib kelmoqda. Shu munosabat bilan mahallada faoliyat yuritayotgan kutubxona holati 8-Qalaychorbog’ saylov okrugi deputati R.Safarov, “MADAD” NNT tuman  huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayev ishtirokida atroflicha ko’rib chiqildi.

O’rganish jarayonida kutubxonadagi kitoblar fondi, ularning saqlanish holati, yangi adabiyotlar bilan

ta’minlanganlik darajasi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi. Ayniqsa, yoshlar va o’quvchilarning kutubxonadan samarali foydalanishi, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kutubxonada zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, elektron kitoblar bazasini shakllantirish va kitobxonlarga qulay muhit yaratish masalalari ham muhokama qilindi. Kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli taklif va tavsiyalar

berildi.

Mazkur o’rganishlar mahallada kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, aholining intellektual salohiyatini oshirish hamda yosh avlodni bilimli va ma’naviyatli qilib tarbiyalashga xizmat

qiladi. 

Slide 1 of 1