Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Dasturlarga kiritilgan loyihalarining amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi.
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida “Mening bog‘im” loyihalari muhokama qilindi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
янв.21
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
янв.21
Murojaatlar ijrosi nazoratda.
Fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abduraxmonovaning navbatdagi o‘rganishi shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda Orolbo‘yi MFY raisi hamrohligida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqaroning murojaati joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. 

Murojaatda savdo do‘koni oldidan o‘tuvchi yuqori kuchlanishdagi elektr simlariga daraxt shoxlari tegib, xavfli vaziyat yuzaga kelayotgani va bu holat turli noxush oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangan.

Mazkur muammo shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganilib, xavfsizlikni ta’minlash hamda mavjud holatni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi. Tegishli ruxsatnomalar olingach, muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 4