Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.
янв.21
20 yillik muammo yechim topmoqda aholi manfaati yo‘lida amaliy qadam
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat hududlarda
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 3-Olchin saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi halati o‘rganildi.
Fuqarolar murojaatlari — amaliy yechimlar sari muhim qadam

Fuqarolar murojaatlari — amaliy yechimlar sari muhim qadam

Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi raisi, “9-Jurjoniy” okrugi deputati Ismanov Jafar Xodjimuratovich tomonidan tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda saylangan okrug hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv I-chorak axborotini taqdim etish hamda hududdagi dolzarb muammolarni bevosita aholi bilan muhokama qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

“Davlatobod” MFYda bo‘lib o‘tgan mazkur qabulda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bosh mutaxassisi S.Irgashev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov ishtirok etdi. Uchrashuv ochiq va muloqot shaklida tashkil etilib, fuqarolarga o‘z muammolarini bevosita yetkazish imkoniyati yaratildi.

Murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, hudud aholisi tomonidan ko‘tarilgan masalalar asosan ijtimoiy infratuzilma va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq. Xususan, xonadonlarga quyosh panellarini o‘rnatish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, ichki yo‘llarni asfaltlash hamda hududdagi 490-sonli DMTT binosini ta’mirlash masalalari eng dolzarb muammolar sifatida ilgari surildi.

Bu holat hududda mavjud muammolar tizimli xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yo‘l infratuzilmasi va ijtimoiy obyektlarning texnik holati bo‘yicha muammolar uzoq muddat davomida to‘planib qolganini anglash mumkin. Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish maqsadida quyosh panellariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani ham e’tiborga loyiq.

Uchrashuv davomida kotibiyat xodimlari tomonidan fuqarolarga har bir masala yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Eng muhimi, bildirilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinishi alohida ta’kidlandi. Bu esa muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularni amaliy hal etish mexanizmlarini ishga tushirish zarurligini anglatadi.

Shu bilan birga, bunday uchrashuvlar nafaqat aholi muammolarini o‘rganish, balki ijro intizomini mustahkamlash, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tanqidiy baholash va ularni aniq natijaga yo‘naltirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolarni deputatlik nazoratiga olish — hududlarni barqaror rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir. Endilikda esa asosiy vazifa ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 7