Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.
янв.21
20 yillik muammo yechim topmoqda aholi manfaati yo‘lida amaliy qadam
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat hududlarda
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 3-Olchin saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi halati o‘rganildi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida” gi Qonuniga qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida” gi Qonuniga qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Mazkur yangiliklar mamlakatimizda suv resurslarini oqilona boshqarish, tejash va samarali foydalanishga qaratilgan bo‘lib, suv tanqisligining oldini olish va suv xoʻjaligini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.

💠 Suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash kuchaytiriladi

💠 Suv xoʻjaligi tashkilotlarining vakolatlari va javobgarligi aniq belgilandi

💠 Suv isteʼmolchilari uyushmalarining huquqlari va majburiyatlari kengaytirildi

💠 Suv yetkazib berish va boshqa xizmatlar uchun toʻlov tizimi shartnoma asosida tartibga solinadi

💠 Suvdan foydalanishda zamonaviy, raqamli va innovatsion yondashuvlar keng joriy etiladi

💠 Suv obyektlarini muhofaza qilish, ulardan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi

Ushbu oʻzgarishlar suv resurslarini kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash, ekologik barqarorlikni taʼminlash va aholining hayot sifatini oshirishga qaratilgan.

Eslatma: Ushbu qonun 2025-yil 31-oktabrdan boshlab yangi Suv kodeksi kuchga kirishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotadi