Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bag‘dod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Dasturlarga kiritilgan loyihalar o‘rganilmoqda.
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘masi hisobidan amalga oshirilgan loyihalar hududlarga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 17-Samandarak saylov okrugi deputati I.Axmedov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev bilan birgalikda Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodimlarning faoliyatlari o‘rganildi.
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi: ichki yo‘llar davlat dasturiga kiritildi

Pastdarg‘om tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga 2026-yil 25-mart kuni yuborilgan 71-ds-487-26-sonli “Ilm mahallasi Kimiyogarlar va Sanoat ko‘chalarini asfalt qilish to‘g‘risida”gi deputat so‘rovi yuzasidan mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Ilm mahallasidagi Kimiyogarlar va Sanoat ko‘chalari shag‘al qoplamali yo‘l ekanligi, bu esa aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi. 

Deputat so‘rovi natijasida muammo ijobiy yechim topdi. Xususan, Ilm mahallasidagi Kimiyogarlar ko‘chasining 380 metr hamda Sanoat ko‘chasining 747 metr ichki yo‘llarini ta’mirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yil davlat dasturiga kiritildi.

Mazkur qaror asosida ushbu ko‘chalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay harakatlanish sharoitini yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.

Slide 1 of 1