Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.
янв.21
20 yillik muammo yechim topmoqda aholi manfaati yo‘lida amaliy qadam
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat hududlarda
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 3-Olchin saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi halati o‘rganildi.
Hududdagi muammolar o‘rganildi — amaliy choralar belgilandi

🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Matniyazov va kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanovlar tomonidan “Oydin yo‘l” MFYda hokim yordamchisi Raxipov Abdulaziz bilan hamkorlikda hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

🔍 Xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ishlar tahlil qilinib, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb muammolar aniqlandi.

💧 Jumladan, “8-mart”, “Sentyabr” va “Qirq qiz” ko‘chalarida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, quvurlarda suv bosimining pastligi qayd etildi.

🇺🇿 Mazkur muammoni hal etish maqsadida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga saylangan deputat Mustafaev Azat Yesbosinovich nomidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

📌 O‘rganish natijalari asosida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘riladi.

Slide 1 of 2