Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati I.Ahmedovning tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi yuzasidan Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi A. Omonovning Bagʻdod tumani "Samandarak" MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “ Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya ”sining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Bag‘dod tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashi deputati R.Yegitaliyev hamda Kengash kotibiyati mudiri G'.Abdullayevlar tumandagi Muqimiy mahalla fuqarolar yig'inida "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o'tkazishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati L.Mamasoliyeva tashabbusi bilan Qirqvolida mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabida yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati D.Xamraqulov tashabbusi bilan tuman hokimligi yordamida tuman markazida sanitariya xolatlarni yaxshilash maqsadida beton ariqlar tozandi.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📌 Mahalla va deputat: muammolarni birgalikda hal etish sari  

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugidan saylangan deputati S. To‘rayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “G‘urjak 1” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida qarorda belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilinib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.