Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining to'qson oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

2024-yilning 23-fevral kuni viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi to`qson oltinchi sessiyasi o`tkazildi.  

Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov olib bordi.

Kun tartibidan quyidagi masalalar ko'rib chiqildi: 

 -viloyat hokimining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i O.Xamrayevning 2024-yilda eksport va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida hisoboti; 

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyevning viloyatda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti; 

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6118-son Farmoni ijrosi yuzasidan Majburiy ijro byurosi viloyat
boshqarmasi boshlig‘i S.Jabbarovning hisoboti;
 

-Samarqand viloyatida 2025-yilda Davlat tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevning hisoboti; 

-viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi B.Mirzayevning viloyat hokimining 2024-yil 10-fevraldagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” 36-7-0-Q/24-son qarori bilan ajratilgan mablag‘larni ishlatilishi yuzasidan hisoboti; 

-Jomboy tumanidagi ayrim aholi punktlarini nomlash to‘g‘risida; 

-Samarqand viloyatida 2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini tasdiqlash to‘g‘risida; 

-hududlardagi issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan tariflarni tasdiqlash to‘g‘risida; 

-jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida; 

-Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berishning namunaviy tartibini tasdiqlash to‘g‘risida; 

-viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.  

Slide 1 of 3