Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga "28-Oqqo‘rg‘on" saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaqulov Shoxrux o‘rinovich, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Sharipov Surach Sadredinovich bilan birgalikda "Polvonariq" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 64-umumta'lim maktabida o‘qituvchilar, yuqori sinf o‘quvchilari va ota-onalar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarning davomati, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sifatli ta'lim berish bo‘yicha suhbatlashildi.