Nurobod tumanida dehqon bozorlari va savdo
majmualaridagi bir qator qurilish va rekonstruksiya ishlarining amalga
oshirilishi tufayli sotuvchi va xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar
yaratilib, sanitariya holatini yaxshilash, jamoat tartibini saqlash va yong‘in
xavfsizligini ta’minlash borasida ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Bugun tumanimizdagi “Dehqon bozori”, “Ko'kat bozori”,
“Yaxshi niyat” dehqon bozorlarida bo‘lgan халқ депутатлари Nurobod tuman Kengashi
raisi S.Berdiqulov sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni
ko‘zdan kechirib, amalga oshirilayotgan qurilish-rekonstruksiya ishlari bilan
yaqindan tanishdi.
Kengashi raisi bozorlarda sotuvchi uchun ham,
xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi zarurligini
ta’kidlab, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli
chora-tadbirlar belgilandi.