Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 5-Farhod saylov okrugi deputati Bo‘tayev Akrom Akbaraliyevish hamda 6-Sarmich saylov okrugi deputati Djalilov Asatullo To‘ychiyevichlar o‘z saylov okruglarida "Saylovchilar" hamda "Deputat va yoshlar" uchrashuvi tashkil qilib mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash shuningdek Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, joylarda qonunchilik ijrosini kuchaytirish oldimizga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajarishning kafolatidir, – deydi Deputatlar – Bu yoshlar tarbiyasi va ular bandligini ta’minlashda yaxshi samara bermoqda. Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga yanada keng jalb etishga ko‘maklashish bo‘yicha belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilayotgani ham buning yorqin tasdig‘idir.
Uchrashuv davomida qilingan barcha murojaatlar, aytilgan fikr-mulohaza va takliflar atroflicha o‘rganib chiqilgach, ijrosini ta’minlash deputatlar nazoratiga olinadigan bo‘ldi.