Vang‘ozi mahallasida huquqbuzaliklarning oldini olish profilaktika kuni o‘tkazildi. Tadbirlar avvalida viloyat IIB JXX huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G. Usarova, viloyat IIB katta psixologi M. Orziyeva, tuman IIB boshlig‘i A. Qodirov, tuman hokimi o‘rinbosari, xalq deputatlari tuman kengashi deputati Z. Rashidovalar tashkilotlar vakillariga kun munosabati bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ma’lumotlar berishdi. Shundan so‘ng mahalladagi xonadonlarga kirildi.
Xususan, rahbarlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olishdi, zaruratga qarab nogironik aravachasi topshirildi.
Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari, xalq deputatlari tuman kengashi deputati Z. Rashidova tomonidan kun davomida bir guruh xotin-qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati.